Sinoptiklarning maʼlumotlariga ko‘ra, bugun, 27-iyul mamlakat janubi va Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyatining aksariyat hududlarida havo harorati selsiy bo‘yicha 35 darajadan oshadi.
Qayd etishicha, Chjeszyan, Szyansi, Xunan provinsiyalarida, shuningdek, Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyatida termometr Selsiy bo‘yicha 40 darajadan oshishi mumkin. Mamlakatda jazirama kamida yetti kun davom etishi kutilmoqda.
25 iyul, dushanba kuni Guanchjou shahrida (Guandun viloyati, Janubiy Xitoy) havo harorati 42,4 darajagacha yetgan. Shu munosabat bilan Xitoy megapolisda harorat tahdidining eng yuqori, qizil darajasi joriy etildi.
Mahalliy sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, Guanchjoudagi jazirama issiqlik 31 iyulgacha davom etadi, shu tariqa issiqlikning davomiyligi 23 kunni tashkil etadi. Bu 1951 yildan buyon yuqori haroratning eng uzun davri bo‘ladi.
Xitoylik sinoptiklar kutilayotgan jazirama tufayli Xitoyning ushbu hududlari aholisiga jismoniy faollikni va tashqarida o‘tkazish vaqtini kamaytirishni tavsiya qildi. Xitoyda ko‘k, sariq, to‘q sariq va qizilni o‘z ichiga olgan tabiiy ofatlar haqida to‘rt darajali jamoatchilik ogohlantirish tizimi mavjud.


