Xitoyda aholining 80 foizi pandemiyaning oxirgi avj olish paytida COVID-19 bilan kasallangan. Bu haqda «Reuters» nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Xitoyda yaqin 2-3 oy ichida virus yuqtirish holatlari keskin ortishi ehtimoli yo‘q.
“Davom etayotgan Yangi yil bayramlarida odamlarning ommaviy harakatlanishi pandemiyaning yana-da tarqalishiga olib kelishi mumkin, ammo yaqin kelajakda COVIDning yangi to‘lqini bo‘lishi dargumon”, — deydi epidemiologlar.


