1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda epidemiya kuzatilmoqda

14 yoshgacha bolalarda virus bilan kasallanish ko‘paygan.

Xitoyda epidemiya kuzatilmoqda

Xitoyda inson metapnevmovirusi (HMPV) epidemiyasi kuzatilmoqda. Bu haqida Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 23-29 dekabr kunlari butun mamlakat bo‘ylab shifoxonalardagi bemorlardan olingan nafas olish yo‘llari namunalari tahlili natijalariga ko‘ra shunday xulosaga kelingan. Qayd etilishicha, Xitoyda o‘tkir respirator infeksiyalar, jumladan gripp, odam metapnevmovirusi va rinovirus faol tarqalmoqda.

 

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida metapnevmovirus bilan kasallanish ko‘paymoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Xitoyning shimoliy hududlarida kasallanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yuqori.

 

Shifokorlarning taʼkidlashicha, metapnevmovirus infeksiyasi, yuqori va pastki nafas yo‘llarining shikastlanishi bilan birga kechadi. Odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiya shaklida paydo bo‘ladi. Metapnevmovirus bolalarda va immuniteti zaiflashgan insonlarda bronxitni keltirib chiqaradi.

 

Maʼlumot uchun, metapnevmovirus (HMPV) yangi turdagi virus emas, biroq Xitoyning shimolida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida kasallanish holatlari ko‘paygani sababli eʼtibor qozondi.

 

Metapnevmovirus birinchi marta 2001 yilda aniqlangan bo‘lib, havo-tomchi yoki ifloslangan yuzalar bilan aloqa orqali tarqaladi. Ushbu virus bilan kasallanish holatlari Xitoydan boshqa mamlakatlarda ham qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика