1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda sakkizta yangi xavfli virus aniqlandi

Viruslar 22 xil oilaga mansub bo‘lib, odamlarning ularga chalinib qolish ehtimoli juda yuqoridir.

Xitoyda sakkizta yangi xavfli virus aniqlandi

 

Xorijiy nashrlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda odamlar uchun potensial xavf tug‘diruvchi sakkizta yangi viruslar aniqlangan.

 

Mutaxassislar mamlakatning Xaynan tropik orolida yashovchi olti turga mansub 341 ta kemiruvchilarning virusli genetik material to‘plamlarini tahlil qilishgan.

 

Natijada, 22 xil oilaga mansub viruslar genlari, jumladan arenaviruslar, koronaviruslar, astroviruslar, pestiviruslar, parvoviruslar va papillomaviruslar mavjudligi aniqlangan.

 

Tadqiqot davomida olimlar sakkizta yangi virusni, shu jumladan SARS-CoV-2 mavjud bo‘lgan koronavirus oilasiga mansub betakoronaviruslarga tegishli bo‘lgan CoV-HMU-1 deb nomlangan virusni ham topishgan.

 

Olimlarning ta’kidlashicha, bu viruslar turlar to‘sig‘idan o‘tib ketsa, odamlarning ularga chalinib qolish ehtimoli juda yuqoridir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика