Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida uzoq davom etgan yog‘ingarchilik oqibatida shahar va tumanlarda suv toshqinlari yuz berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 11 ta daryo o‘z qirg‘og‘idan chiqib ketgan, suv toshqini zonalarida suv sathi 3,65 metrga yetgan, hududlarda temiryo‘l harakati qisman to‘xtatilgan.
Suv toshqinlari oqibatida 179,8 ming kishi bevosita jabr ko‘rdi, deyarli 36 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Futszyan provinsiyasida 9 iyundan beri momaqaldiroq va kuchli shamol bilan birga yomg‘ir yog‘moqda.


