Xitoyning sharqiy qismida yirik avtohalokat ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan. Hozirda voqea sabablari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi dafn marosimiga yig‘ilganlarga borib urilgan.
YTH haqidagi xabardan bir soat avval yo‘l harakati politsiyasi haydovchilarni tuman tushishi haqida ogohlantirgan.


