1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda yuk kemasi sabab ko‘prik qulab tushdi

Hodisa Guanchjou shahrida sodir bo‘lgan.

Xitoyda yuk kemasi sabab ko‘prik qulab tushdi

 

Xitoy janubida yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida inshoot qulab tushdi. Hodisa Guanchjou shahrida sodir bo‘lgan.

 

Foshan shahridan ketayotgan bo‘sh konteyner kemasi Liksinsha ko‘prigining Pearl daryosi ustidagi oraliq ko‘prigi tayanchiga urilgan. Bu ko‘prik qavatining bir qismining qulashiga olib kelgan. Shundan so‘ng voqea joyiga tegishli bo‘linmalar yetib kelib, qutqaruv ishlarini olib borishdi.

 

Hozirda Lisinsha ko‘prigi bo‘ylab harakat vaqtincha to‘sib qo‘yilgan.

 

South China Morning Post gazetasining yozishicha, bir nechta avtomobil suvga tushib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha maʼlumot yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика