1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyga xakerlar hujumi keskin kuchaydi — Sinxua

Kiberhujumlar asosan qaysi davlatdan amalga oshirilgani ochiqlandi.

Xitoyga xakerlar hujumi keskin kuchaydi — Sinxua

 

Xitoy xorijiy davlatlardan kiberhujumlar keskin ko‘payganini maʼulm qildi. Bu haqda Internet monitoringi bo‘yicha davlat favqulodda markaziga asoslanib “Sinxua” agentligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, chet ellik, asosan AQSHda joylashgan xakerlar Xitoy kompyuterlarini buzib kirmoqda. Shundan keyin ular bu texnika orqali Rossiya, Belarus va Ukrainaga kiberhujum uyushtiryapti.

 

Hujumlar ayniqsa, fevral oxiridan kuchaygan. Ayniqsa, Amerikalik xakerlar faollashgani qayd etilgan. Xususan, birgina Nyu-York shtatidan 10 dan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.

 

Kiberhujumlarning 87 foizi Rossiyaga qarshi qaratilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anonymous xakerlari Rossiya davlat telekanallari efirini buzib kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика