Dunyodagi eng katta auditoriyaga ega Xitoyning yetakchi gazetasi "Jenmin jibao" yani “People‘s Daily”da O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – Xitoy: ming yilliklarni qamrab olgan do‘stlik va hamkorlik” nomli mualliflik maqolasi eʼlon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekiston Xitoyning do‘stona qo‘shnisi va har tomonlama strategik hamkori sifatida mamlakat yutuqlaridan chin dildan mamnun".
Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, — deb qayd qiladi davlat raxbari.
Maqolada O'zbekiston Prezidenti: Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqda va barqaror yuqori dinamikani namoyish etmoqda. Menimcha, bu tabiiy. "Buyuk qadimgi sivilizatsiyalar har doim o‘xshash, bir-birini tushunadi va ruhda yaqin." O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘xshash madaniyat va ideallarga ega. Bizning tarixiy aloqalarimiz jahon savdosining ko‘p qismini bosib o‘tgan buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lish davriga borib taqaladi, — deb kiritib o'tgan.



