
Maʼlum qilinishicha, ayol 7 iyul kuni Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Qiyot” mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Shu hududda profilaktik tadbirlarni olib borayotgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori hodisani ko‘rib qolib, darhol qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Ayol suvdan olib chiqilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ng tez tibbiy yordam mashinasi bilan tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilib, zarur muolajalar ko‘rsatilgan.
FVV xodimining o‘z vaqtida to‘g‘ri harakatlarni amalga oshirganligi natijasida onaxonning hayoti saqlab qolingan.


