Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib yosh bolani kaltaklagani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 26-iyul kuni 2001-yilda tug‘ilgan B.K. (ayol) shar’iy turmush o‘rtog‘i S.J. bilan tortishib, unga jahl qilib, 2022-yilda tug‘ilgan S.B. (qiz bola) farzandini uxlab yotgan joyida haqoratlab, urgan va tasvirga olib, otasi S.J. ga jo‘natgan.
Hozirda holat yuzasidan Shovot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


