Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi “Rasulbek” fermer xo‘jaligi hududida 83 tup har xil turdagi daraxtlar qo‘porilgani hamda 3 tup daraxt o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangani yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Qo‘shko‘pir tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudlanuvchi tomonidan 193,8 million so‘m miqdoridagi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilandi


