1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda keliniga shilqimlik qilgan qaynota qamaldi

Qaynota sudda aybiga iqrorlik bildirmagan.

Xorazmda keliniga shilqimlik qilgan qaynota qamaldi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 29-avgust kuni H.R. eletroskuterni boshqarib borayotgan kelini A.O‘.ni yonida o‘tirib, uni shaʼni va qadr qimmatini tahqirlab, tegajog‘lik qilib, shahvoniy shilqimlik harakatlarini sodir qilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan sud ishi joriy yilning 5-sentyabr kuni JIB Qo‘shko‘pir tuman sudida ko‘rib chiqildi.

 

Sudda H.R. aybiga iqrorlik bildirmasdan, bozorga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun elektroskuterni boshqarib borayotgan kelini A.O‘.ni yonida o‘tirib ketgani, shu vaqtda spirtli ichimlik taʼsirida bo‘lgani uchun nima qilganini eslay olmasligi, shaxvoniy shilqimlik qilmaganligini, ishni qonuniy hal qilishni so‘rab, tushuntirish berdi.

 

Jabrlanuvchi A.O‘. sudda haqiqatdan ham mazkur holatni qaynotasi R.H. sodir etganligini bildirgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, H.R. MJtK 41-1 -moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga shu moddaning 1-qismiga asosan, 4 (to‘rt) sutka maʼmuriy qamoqqa olish jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика