Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga ko‘ra, viloyat IIB va Tabiat resurslari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Urganch tumani buyum bozorining yuk avtomashinalari avtoturargohida fuqaro J.M boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, fuqarolar R.N, R.E, X.H, G‘.A hamda G‘.Elarga tegishli bo‘lgan jami 7 dona polietilen qopda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, bug‘u va jayronlar noyob hayvonlar qatori ularning tana aʼzolari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.


