Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Maktabning 5-sinf hamda 7-sinf o‘quvchilari o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda 5-sinf o‘quvchisining onasi, yaʼni shu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘g‘li bilan janjallashgani uchun 7-sinf o‘quvchini maktab oldida kaltaklagan va ortidan tosh otgan. Holat maktabning kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Hozirda mazkur pedagogga nisbatan o‘qituvchiga mos bo‘lmagan xatti-harakat qilgani, maktabning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.


