Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablarning birida o‘quvchining onasi va o‘qituvchi o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan tezkor ravishda o‘rganilgan va quyidagilar aniqlangan.
Unga ko‘ra, holat bundan bir oy muqaddam Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. U bugungi kunda murojaat asosida tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.


