1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda “Qonun doirasida” OAV vakillari qamoqqa olindi

Ular tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanmoqda.

Xorazmda “Qonun doirasida” OAV vakillari qamoqqa olindi

 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, Urganch shahrida “Qonun doirasida” loyihasi rahbarlari va faoliyatida ishtirok etgan ayrim shaxslar qo‘lga olingan. Hibsga olinganlar orasida mazkur loyiha menejeri bo‘lib ishlagan 45 yoshli advokat Furqat Ro‘zmetov hamda uning qo‘l ostida faoliyat yuritgan 33 yoshli advokat Azamat Avezov bor.

 

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan bir guruh fuqarolarning arizalari va ko‘rsatmalari asosida tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur tekshiruvlar doirasida gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining yetti moddasi bo‘yicha ayblovlar qo‘zg‘atilgan.

 

Xususan, ular tuhmat qilish, ataylab yolg‘on axborot tarqatish, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab yirik miqdorda tovlamachilik qilish hamda mansab vakolatini suiisteʼmol qilish orqali firibgarlik sodir etishda ayblanmoqda.

 

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchilarning soxta hujjatlar, jumladan, muhr va shtamplarni tayyorlash va ulardan foydalanish, o‘zboshimchalik bilan harakatlar sodir etish holatlariga aloqadorligini maʼlum qildi. Jinoyat ishidagi alohida epizodlardan biri atrof-muhitga zarar yetkazish, xususan, daraxtlar va ekinlarni qasddan yo‘q qilish bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taftish.uz nashri xodimlari ham tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика