Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida yashovchi bir guruh ayollarning umra ziyoratini amalga oshirish paytida o‘g‘irlik sodir etishgani haqida ovozli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat eʼlon qildi.
So‘nggi kunlarda Telegram messenjeridagi turli guruh va sahifalarda «Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi uch nafar xotin-qizlarning haj safariga borgan paytida Makka shahrida барча musulmonlar namozga ketgan vaqtida do‘kondan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlaganliklari, Arabistonga kelsa o‘g‘irlik qilganliklari uchun qo‘lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari to‘g‘risida»gi ovozli xabarlar кенг tarqaldi.
"Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o‘tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan текширувлар natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida улар ushbu ovozli xabarlarni hech қандай asossiz tarqatishgani maʼlum bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


