Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 7-may kuni soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatilishi xabar qilingandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha maʼlumot berishicha, 7-9 may kunlari Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik yopilmaydi. Avtotransportlar qatnovi odatdagi rejimda davom etadi.


