1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi

Shuningdek, улар bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila aʼzolariga ham qator имтиёзлар bergilangan.

Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi

 

Qonunchilikka ko‘ra, ҳар yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

 

🔸boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

 

🔸mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

 

🔸mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda улар bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish муассасаларига bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика