1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bahonasida pul yig‘ayotganlardan ogohlantirish berildi

Migratsiya agentligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta xayriya e'lonlariga ishonmaslikka va hech qanday holatda pul o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bahonasida pul yig‘ayotganlardan ogohlantirish berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda bo‘lib turgan vaqtida vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga olib kelish uchun turli plastik karta raqamlariga pul yig‘ish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

 

Agentlikning bildirishicha, ayrim shaxslar eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik bilan shug‘ullanmoqda. Bunday holatlar jamiyatda ishonchsizlik va chalg‘itishga olib kelayotgani ta’kidlangan.

 

Migratsiya agentligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bunday chaqiriqlarga ishonmaslikka va hech qanday holatda pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Qonuniy va ishonchli yo‘l sifatida faqat rasmiy davlat organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.

 

Shuningdek, agentlik eslatishicha, agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etsa, uning jasadini vatanga olib kelish Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun marhumning yaqinlari yoki vakillari Migratsiya agentligiga bevosita murojaat qilishi lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика