1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

Yangi qonunga ko‘ra, mehnat migrantlari vafot etgan taqdirda jasadni olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

 

O‘zbekistonda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar vafot etgan taqdirda ularning jasadini vatanga olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar endilikda davlat tomonidan qoplanadi. Bu norma “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangi qo‘shimcha orqali belgilandi.

 

Mazkur tartibga ko‘ra, mehnat migratsiyasi davrida xorijda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini olib kelishni tashkil etish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘lar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq ajratiladi.

 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2025-yil 4-sentabrda ma’qullangan. Hujjat bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

 

Mazkur o‘zgarishlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan yurtdoshlarning oila a’zolarini ortiqcha moliyaviy yukdan himoya qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jasadni vatanga qaytarish jarayonini moliyaviy jihatdan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi aniq belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика