Joriy yil 23-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
–my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish (https://my.dtm.uz/answer-transfer)“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
–mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022 (https://mandat.dtm.uz/Transfer2022/Transfer)” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
– Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):
- @edtmmandatbot
- @edtmmandat1bot
- @edtmmandat2bot
- @edtmmandat3bot
- @edtmmandat4bot
Natijani bilish uchun talabgordan ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilish talab etiladi.
Maʼlumot o‘rnida, mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan so‘ng eʼlon qilinadi.


