1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijga o‘qish uchun ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Bu bo'yicha Statistika agentligi ma’lumotlarni ochiqladi.

Xorijga o‘qish uchun ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

 

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

 

Tojikiston — 10 701 nafar;

Rossiya — 6 032 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;

Turkiya — 1 640 nafar;

Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

Qozog‘iston — 1 102 nafar;

Xitoy — 507 nafar;

Buyuk Britaniya — 475 nafar;

AQSH — 355 nafar;

BAA — 238 nafar;

boshqa davlatlar — 974 nafar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика