Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevlar bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida xorijiy davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.
Shuningdek, telefon suhbatida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.


