Yevroparlament deputatlari Xorvatiyaning 2023-yil 1-yanvardan Yevro hududiga qo‘shilishini qabul qilish uchun ovoz berdi.
Xorvatiyaning yevrozonaga qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan mezonlarga to‘liq javob berganini tasdiqlovchi hisobotni 539 deputat ma’qullagan, 45 nafari qarshi, 48 nafari esa betaraf qolgan.
Hisobotda qayd etilishicha, so‘nggi davrda COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi oqibatlariga qaramay, Xorvatiya yevrozonaga o‘tishga to‘liq tayyor.
Iyun oyi boshida Yevrokomissiya Xorvatiya 2023-yil 1-yanvardan umumiy Yevropa valyutasiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan mezonlarga javob berishiga qaror qildi.


