Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATO aʼzoligi boʻyicha Anqara oldidagi majburiyatlarini bajarmayotganini koʻrmoqda, — dedi mamlakat milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar.
Avvalroq Stokgolmda Turkiyada taqiqlangan RKK tarafdorlarining mitingi bo‘lib o‘tgan va unda Turkiyaning amaldagi Prezidenti Toyyib Erdog‘onga nisbatan bir qancha haqoratomuz gaplar va imo-ishoralar qilingan edi. RIA Novosti manbasining xabar berishicha, Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi Turkiya TIVga chaqirilgan, unga aksiya munosabati bilan norozilik bildirilgan.
Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop shved hamkasbining Anqaraga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Turkiya Prezidentining advokati mazkur harakat yuzasidan Anqara Bosh prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
"Shvetsiya va Finlandiya memorandum boʻyicha oʻz majburiyatlarini qanday bajarmayotganini koʻrib turibmiz. Terror tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish va eksport cheklovlarini olib tashlash boʻyicha aniq qadamlar kutilmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash — Turkiya jamoatchiligi yaqindan kuzatib borayotgan masala. Biz buni qattiq qoralaymiz ”, — dedi Xulusi Akar.
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryomning aytishicha, RKK harakati Anqara tomonidan Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish uchun arizasini ratifikatsiya qilish jarayonini qiyinlashtirishi mumkin.


