AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina mojarosi ortidan yadro urushi kelib chiqishiga ishonmaydi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
"Men bunga ishonmayman. Atrofimizdagi xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Ukrainani o‘zini himoya qilish huquqi bor va biz uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz", — degan vazir.
Ostin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yadro urushi ehtimoli haqidagi fikrlarini xavfli deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urushda g‘olib bo‘lmaydi.
Avvalroq Xitoy TIV uchinchi jahon urushidan manfaatdor emasligini maʼlum qilgandi.


