Yakshanba kuni Ispaniyada saylov uchastkalari ochiladi. Saylov yozgi taʼtil mavsumiga to‘g‘ri keldi. Ko‘pchilik allaqachon pochta orqali ovoz bergan, deb xabar beradi Euronews.
Saylov uchastkalarida ovoz berish yakshanba kuni boshlanadi. Aftidan ko‘plab ispanlar bu kuni o‘z uylaridan uzoqda bo‘ladi. Ularning aksariyati pochta orqali fuqarolik burchini bajarganliklarini bildirishdi.
Ushbu turdagi ovoz berish juma kuniga qadar o‘tkazildi. Bosh vazir Pedro Sanches sotsial-demokratik partiyasi mintaqaviy saylovlarda konservatorlarga mag‘lub bo‘lganidan keyin muddatidan oldin milliy saylovlar o‘tkazilishini eʼlon qildi. So‘rov natijalari esa bu ikki siyosiy kuch parlamentdagi ko‘pchilik uchun kurashishini ko‘rsatadi.


