Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Adan shahriga qaytishda, Abyan viloyatida qo‘lga olingan. BMT xodimlarini qo‘riqlab kelayotgan harbiy politsiyachilar ham noma’lum tarafga olib ketilgan.
Abyan viloyatidagi qabilalardan birining vakili ta’kidlashicha, ekstremistlar shu yo‘l bilan o‘z tarafdorlarini ozod qilmoqchi. Yaman Janubiy o‘tish kengashi hodisada taqiqlangan "Musulmon birodarlar" ekstremistik tashkilotini ayblamoqda.
Avvalroq Yamanda ochlik nihoyatda keskinlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


