Yamanda ayrim oilalar ochlikdan halok bo‘lmaslik uchun daraxt barglarini yeyishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda BMT butunjahon oziq-ovqat dasturining Twitter‘dagi sahifasida maʼlum qilindi.
Unga ko‘ra, mamlakatda nizo va iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib boryapti. Yamanning urushdan eng ko‘p aziyat chekkan viloyatlari, xususan, shimoli-g‘arbdagi Xadjada odamlar daraxt barglari isteʼmol qilishga majbur bo‘lmoqda.
BMT butunjahon oziq-ovqat dasturi 2022 yilda Yamanga ajratiladigan yordam miqdori kamayishini maʼlum qilgan. Moliya manbalarining kamayganligi bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.
Yamanda 2014-yildan buyon urush davom etmoqda.
Avvalroq BMT sayyorada 3 milliard inson to‘yib ovqatlanmasligini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


