1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yana bir Osiyo davlati Ukrainaga «qo‘l cho‘zmoqchi»

Ammo o‘q-dori yetkazib berish masalasida ikkilanmoqda.

Yana bir Osiyo davlati Ukrainaga «qo‘l cho‘zmoqchi»

 

Janubiy Koreya Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Cho Taye Yong Yonhap agentligiga mamlakat rasmiylari kelajakda Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berish haqida o‘ylayotganini aytdi

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaziyatni joylarda kuzatish, shuningdek, ko‘plab holatlarni hisobga olish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, hozirda Janubiy Koreya hukumati Kiyevga gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda.

 

«Biz vaziyatni joyida kuzatib borganimizdan so‘ng va boshqa vaziyatlarni hisobga olgan holda o‘q-dorilarni yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi Cho Taye Yong.

 

Shu bilan birga, u bu masalani ko‘rib chiqish haqida gap ketayotgani va Seul hozirda o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha rejalari yo‘qligini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика