1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yana hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U fuqaroga o'zini Toshkent shahar Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan.

Yana hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Toshkent tuman bo‘limi, Yangiyo‘l tuman prokuraturasi, DXX Toshkent tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Xususan, joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent TXAY yo‘li ko‘chasida joylashgan “Jeddax” nomli milliy taomlar oshxonasi yonida fuqaro L.A (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Bog‘izilol” kafesi yonidan oqib o‘tgan anhor bo‘yidagi 0,04 ga yer maydoni egalik qilish huquqini beruvchi qarorini chiqartirib berishi evaziga 30 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.  

 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘zini Toshkent shahar Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs aslida Toshkent tumanidagi “Zarbdor” MFYda ishlayotgan hokim yordamchisi ekani aniqlandi.

 

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика