1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhim, deb hisoblaymiz" — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

"Yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhim, deb hisoblaymiz" — Shavkat Mirziyoyev

 

☑️ Davlatimiz rahbari narx-navoning sunʼiy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda inflyatsiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to‘siqlarsiz yetkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini qayd etdi.

 

☑️ Mamlakatlarimizning transport tizimiga bo‘lgan jiddiy tahdidlarni inobatga olgan holda, yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhimdir. Bu o‘rinda gap «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» hamda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘llarini qurish loyihalari haqida bormoqda. Ular MDHni transqitʼaviy transport tashishlarning muhim zanjiriga aylantirishga ko‘maklashadi.

 

☑️ Prezidentimiz kelgusi yilda O‘zbekistonda MDH mamlakatlari yosh olimlarining «Yoshlar innovatsiya tarafdori» shiori ostidagi birinchi kongressini o‘tkazishni taklif qildi.

 

☑️ 2023 yilda Sankt-Peterburg shahrini MDHning madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi to‘g‘risidagi qaror ko‘llab-quvvatlandi. 2024 yilda madaniyat poytaxti nomini olishga Samarqand nomzodi ilgari surildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика