Uebb teleskopi yangi ekzosayyorani kashf etdi. Qayd etilishicha, ekzosayyorada “qumli” bulutlar mavjud. Olimlar mazkur bulutlar juda yuqori haroratga ega ekanini aytmoqda.
U Yerdan 40 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
Ekzosayyoraga “VHS 1256b” deb nom berilgan. U ikkita yulduz atrofida aylanadi.
Teleskop uni NIRSpes va MIRI asboblari orqali ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, ekzosayyorada suv, metan, uglerod oksidi va karbonat angidrid belgilari mavjud.


