1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarisiz loyihalashtirish taqiqlanadi

Bu Prezident farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarisiz loyihalashtirish taqiqlanadi

 

Prezident farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

 

Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

 

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylar chiqindi to‘plash joylari belgilanmasdan foydalanishga qabul qilinmasligini qatʼiy nazoratga olish va taʼminlab borish vazifasi yuklanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика