1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yil bayramlarida xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga tashrifi ikki baravar oshdi

Mutaxassislar bu o'sishni Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani bilan bog'lamoqda.

Yangi yil bayramlarida xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga tashrifi ikki baravar oshdi

 

Yangi yil bayramlari munosabati bilan Xitoydan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi Sinxua axborot agentligiga tayanib ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 1–3-yanvar kunlari Xitoydan Oʻzbekistonga aviachipta bron qilishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘paygan.

 

Mutaxassislar ushbu o‘sishni 2025-yildan boshlab Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani bilan izohlamoqda. Mazkur tartib sayohat jarayonini soddalashtirib, qisqa muddatli turizm uchun mavjud to‘siqlarni sezilarli darajada kamaytirdi.

 

Shuningdek, Xitoyda yaqinda yakunlangan “O‘zbekiston – turizm yili” doirasida mamlakatning sayyohlik salohiyati faol targ‘ib qilingani hamda ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar sonining kengaytirilgani qiziqish oshishiga xizmat qilgani ta’kidlanmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik sayyohlar asosan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini qamrab olgan tarixiy yo‘nalishlarga ustuvorlik bermoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика