Turkiyaning eng taniqli juftliklaridan biri – Burak O‘zchivit va Fahriya Evjen o‘g‘il farzand kutmoqda. Bu haqida aktyor o‘zining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Burak O‘zchivit shaxsiy sahifasiga homilador rafiqasining suratini joylashtirib, uning ostiga "Tez orada uchrashamiz" deya izoh qoldirgan va izohga moviy rangli smayllarni ilova qilgan.
Maʼlumot uchun, juftlik 2017 yilda oila qurganlar. Oradan 2 yil vaqt o‘tib, ularning to‘ng‘ich farzandlari Karan dunyoga kelgan.


