1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi

Toshkent shahridagi 12 tumani bo‘lgan Yangihayot O‘zbekistondagi o‘z logotipiga ega bo‘lgan ilk tuman bo‘ldi. Muhimi, logotip mualliflik huquqiga ega.

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi

 

 

Tuman logotipi o‘ziga xos maʼnoga ega bo‘lib, unda Yangihayot so‘zidagi ikki kalit harf – “Y” va “h” ifodalangan. Ushbu harflar moviy va zangori ranglarda bo‘lib, ular yangi, toza, sof hayotni bildiradi. Logotip shaklida o‘tkir va chorak aylana kesishuvlaridan foydalanilgan. Bu uslub o‘zida ham sharqona, ham zamonaviy minimalistik uslubni o‘zida mujassamlashtirgani bilan eʼtiborga loyiq. Shuningdek, harflar shakli yaproqlarni eslatadi. Yaproqlar esa katta bir daraxt bo‘lib, tuman Vatanimizning bir bo‘lagi ekanini anglatadi.

 

Yangi tuman Yangi O‘zbekistonning yangi hayotini o‘zida mujassam etishga, har ishda kreativ, birinchi va masʼuliyat bilan yondashishga bel bog‘lagan. Tuman o‘z imijini yaratarkan, ushbu logotipni ko‘rganingizda Yangi bir hayot, sifat, farovonlik va masʼuliyat esingizga tushishini maqsad qilgan.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика