Bu haqda FVV xabar qildi.
Voqea joyiga 3 daqiqa ichida 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.M. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.
Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib olingan. 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, halok bo‘lgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Yunusoboddagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘lgani hamda Namanganda gaz quyish shoxobchasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


