1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yangilangan hisobot: Isroil — G‘azo urushi oqibatida 20 dan ortiq jurnalist halok bo‘ldi

Bu raqamlar yakuniy emas. Chunki voqea tafsilotlarini yoritishga borgan jurnalistlar orasida bedarak yo‘qolganlari ham bor.

Yangilangan hisobot: Isroil — G‘azo urushi oqibatida 20 dan ortiq jurnalist halok bo‘ldi

 

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi xalqaro NNTning maʼlum qilishicha, Isroil — HAMAS urushida kamida 21 nafar jurnalist halok bo‘ldi.

 

Shuningdek, yana 8 nafar jurnalist yaralangan, 3 nafari bedarak yo‘qolgan (hibsga olingan bo‘lishi ham mumkin).

 

“O‘lganlarning 17 nafari falastinlik, 3 nafari isroillik va 1 nafari livanlik”, — deyiladi tashkilot xabarida.

 

Taʼkidlanicha, raqamlar yakuniy emas va ommaviy axborot vositalari xodimlari qurbonlari ko‘proq bo‘lishi mumkin.

 

Avvalroq Falastin Jurnalistlar uyushmasi 11 nafar OAV xodimi halok bo‘lgani va 20 ga yaqin jurnalistning uyiga hujum qilinganini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика