1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirgan qotil umrbodga qamaldi

Bugun unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirgan qotil umrbodga qamaldi

Maʼlum qilinishicha, 26 iyul kuni soat 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan va kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan.

 

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yilda tug‘ilgan bolalar, 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan. Maʼlum qilinishicha, vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

 

Ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi B. Roziqov raisligi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

 

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Z.S. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “z”, “i” bandlari, 118-moddasi 1-qismi, 134-moddasi, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari va 173-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика