1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya aholisi 2022-yilda rekord darajada 800 ming kishiga qisqardi

Mamlakatning barcha 47 prefekturasida birinchi marta aholi soni kamaydi

Yaponiya aholisi 2022-yilda rekord darajada 800 ming kishiga qisqardi

 

Yaponiya aholisi 2022-yili qariyb 800 mingga kamayib, 122,42 million kishiga yetdi. Bunday ma'lumotlarni bugun, 26-iyul kuni Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi taqdim etdi.

 

Mamlakat aholisi ketma-ket 14 yildirki, so‘nggi yillarda esa tezroq kamayib bormoqda. Statistikaga ko'ra, 2022-yilda Yaponiyada 1,56 million o'lim holati qayd etilgan — bu statistika tarixidagi rekorddir. Mamlakatda bir vaqtning o'zida tug'ilganlar soni birinchi marta 800 mingdan past bo'lgan — 771 ming.

 

Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida birinchi marta aholi soni kamaydi. Yana bir rekord – mamlakatda doimiy yashayotgan chet el fuqarolari sonining 10,7 foizga oshgani. Ularning soni qariyb 3 million kishiga yetdi. Chet elliklar soni hisobga olinganda ham, Yaponiya aholisi 511 ming kishiga kamayib, 125,42 million kishini tashkil etmoqda

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика