Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9-12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi. Bu haqida Kyodo agentligi xabar berdi.
Kecha Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilziladan keyin mamlakat meteorologiya agentligi Tinch okeanining janubi-g‘arbdan Yaponiyaning markaziy qismigacha cho‘zilgan keng hududida kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish berdi.
Shu sabab Fumio Kisida safarining bekor qilinishini eʼlon qildi.
Payshanba kungi zilzila Miyazaki va qo‘shni ikki prefekturadagi binolarga katta zarar yetkazgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.


