Rejaga ko‘ra, birinchi suv chiqarish davri 17 kun davom etadi, jami 7800 tonna tozalangan suv dengiz suvi bilan suyultiriladi. TEPCO joriy moliyaviy yilda 31200 tonnani tashlashni kutmoqda.
AES rahbariyati avvalroq bo‘lajak operatsiya xavfsizligiga ishontirgan edi. Yaponiya atrof-muhit vazirligi operatsiya xavfsizligini namoyish etish maqsadida suv chiqarilgandan keyin suv va baliq namunalarini oladi: natijalar bir hafta yoki undan oldin eʼlon qilinadi.
TEPCO kompaniyasi suvni doimiy ravishda tekshirib turishini va maxsus tizim titandan tashqari barcha radioaktiv nuklidlarni filtrlashini taʼkidladi. Shu bilan birga, mutaxassislar ushbu suvdagi titan darajasi tushirish paytida xavfsiz chegaralarda bo‘lishiga ishontirmoqda.
Ommaviy axborot vositalarida Xitoy AES avariya blokidan suv chiqarilishi boshlanganligi sababli Yaponiyadan dengiz mahsulotlarini olib kirishni to‘xtatayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
AESdagi suv 2011-yilgi avariyadan keyin reaktorlarni sovutishda ishlatilgan. Suv yaxshilab tozalangan, ammo unda hali ham vodorodning radioaktiv izotopi — tritiy bor. Suv rezervuarlarining 90 foizi to‘lib ketgani sabab Yaponiya hukumati suvni okeanga to‘kishga qaror qilgan.


