Bosh vazir Fumio Kisida boshchiligidagi Yaponiya hukumati yaqinlashib kelayotgan G7 sammiti yakunida yadroviy qurolsizlanish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik muhimligi haqidagi hujjat qabul qilinishi tarafdori.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yakuniy kommyunikedan alohida hujjat bo‘ladi. Tokio tegishli tashabbusni boshqa G7 davlatlari vakillari bilan ishchi darajada muhokama qilmoqda. Shu yo‘l bilan Yaponiya xalqaro hamjamiyatga yadroviy qurolsizlanish va uni tarqatmaslik borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi haqida signal bermoqchi.
2023 yilda Yaponiya G7‘ga raislik qiladi, 19 maydan 21 maygacha sammitga Xirosima shahri mezbonlik qiladi.


