Yaponiya 2023 yil oxiriga kelib, ichki isteʼmol zaiflashuvi tufayli yuzaga kelgan kutilmagan inqiroz sharoitida dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti sifatida Germaniyaga yo‘l ochib berdi, deya CNN nashri xabar bermoqda.
Uchinchi chorakda ham pasayish qayd etildi. Odatda ketma-ket ikki chorak iqtisodiy tanazzul kuzatilsa, unga repressiya sifatida qaraladi.
Yaponiyaning o‘tgan yilgi nominal YAIM hajmi 4,21 trillion dollarni tashkil etdi, deya Yaponiya hukumati maʼlumotlariga tayanib, AP aniqlik kiritmoqda. Germaniyaning nominal YAIM hajmi 2023 yilda taxminan 4,4 trillion dollarni tashkil etdi.


