1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Yaponiya O‘zbekistonga tabiiy ofatlar oldini olishda yordam beradi

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Yaponiya O‘zbekistonga tabiiy ofatlar oldini olishda yordam beradi

 

O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiyaning Nippon Investment Operating Corporation (NIOC) kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori, Muroosystems Corporation bosh ijrochi direktori Pan Jongsin bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Uchrashuvda tomonlar Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuvga erishdi. 

 

Yapon tomoni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan dastlabki pilot loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика