1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya saylovlarida Takaichi koalitsiyasi g‘alabaga erishdi, uni birinchi bo‘lib Tramp tabrikladi

Saylov natijalari ortidan mamlakat aksiyalari keskin ko‘tarildi.

Yaponiya saylovlarida Takaichi koalitsiyasi g‘alabaga erishdi, uni birinchi bo‘lib Tramp tabrikladi

 

Yaponiyada o‘tkazilgan parlament saylovlari yakuniga ko‘ra, bosh vazir Sanae Takaichi yetakchiligidagi Liberal-demokratik partiya (LDP) va uning ittifoqchilari quyi palatada yirik g‘alabaga erishdi. Saylov natijalariga ko‘ra, LDP tarixidagi eng yuqori natijani qayd etib, 300 dan ortiq o‘rinni qo‘lga kiritdi va ustunlikka erishdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tahlilchilarning fikricha, partiyaning bunday natijaga erishishida Takaichining yuqori shaxsiy reytingi va hukumatning iqtisodiy hamda xavfsizlik siyosatiga oid faol tashabbuslari sabab bo‘lgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 465 o‘rinli quyi palatada ko‘pchilikni qo‘lga kiritish uchun kamida 233 mandat talab qilinadi. 2026 yilgi saylovlarda esa hukmron partiya parlament tarixidagi 1955 yilda tashkil etilganidan beri eng katta fraksiyalardan birini shakllantirdi.

 

Shuningdek, LDP hamkor partiyalar bilan birgalikda quyi palatada yana-da katta siyosiy ustunlikka ega bo‘ldi. Bu hukumatga qonunchilik tashabbuslarini tezroq ilgari surish imkonini beradi.

 

Muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovlar rasman yakunlanishidan oldin Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Takaichini “ulkan g‘alaba” bilan tabrikladi.

 

Saylovdan bir kun oldin Tramp Takaichini ochiq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Bu AQSH prezidentida kam uchraydigan holat ekani aytilmoqda.

 

9-fevral kuni ertalab bozorlar ochilishi bilan Yaponiya fond bozorida keskin o‘sish kuzatildi. Bu holat Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi rahbarligidagi Liberal-demokratik partiyaning (LDP) saylovdagi yirik g‘alabasi bilan izohlanmoqda.

 

Erta savdolar davomida “Nikkei” indeksi 5 foizdan ortiq oshib, tarixda ilk bor qisqa vaqt ichida 57 000 punktdan yuqori darajani sinovdan o‘tkazdi. Savdo jarayoni davomida indeks o‘sish sur’atini biroz pasaytirib, 56 900 – 57 000 punkt oralig‘ida shakllandi. Ushbu ko‘rsatkich investorlarning Yaponiyada fiskal rag‘batlantirish siyosati davom etishi hamda foiz stavkalari past darajada saqlanib qolishi bo‘yicha yuqori kutilmalarini aks ettiradi.

 

Yaponiya fond bozorining umumiy holatini aks ettiruvchi Topix indeksi ham ijobiy dinamikani namoyish etdi. Indeks 3,4 foizga oshib, kun ichidagi yangi maksimal darajani qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика