Yaponiya bugundan boshlab xususiy turistlarga mamlakatga kirishga ruxsat beradi. Biroq, bu ruxsat mustaqil sayohatchilarga taalluqli emas. Bu haqda COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasining Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Belgilangan shartga ko‘ra, sayohatchi aviachiptalarni va turar joyni sayyohlik agentligi orqali buyurtma qilishi kerak. Bunday holda, sayyohlik agentliklari sayohatchining aniq manzilini bilib oladi. Kompaniyalarning vazifalariga ijtimoiy masofa qoidalari haqida maʼlumot berish ham kiradi. Agar mehmonlar kasal bo‘lsa, agentliklar bog‘lovchi bo‘ladi.
Sayyohlik agentliklari tomonidan taqdim etilmagan turar joylar, masalan, xususiy kvartiralar va kichik mehmonxonalarda qolishni istagan sayohatchilarga mamlakatga kirishga ruxsat berilmaydi.
Bundan tashqari, 7 sentabrdan boshlab mamlakatga har kuni 20 emas, balki 50 000 sayohatchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.


